Maqsad va vazifalar

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi Yosh huquqshunoslar kengashi nodavlat notijorat tashkilotining vazifalari:

– sud-huquq islohotlari jarayonida yoshlarning ishtirokini yanada faollashtirish;

– yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda ishtirok etish;

– yoshlarni huquqiy ongi va madaniyati muntazam oshirishda o‘z hissasini qo‘shish;

– yoshlarni huquq va manfaatlarini sudda va suddan tashqari himoya qilish;

– yoshlar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarlik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudda ishtirok etish va kafolat xati berish;

– jismoniy va yuridik shaxslar uchun beg‘araz yuridik maslahatlarni amalga oshirish.

Kengashning bosh maqsadi:

Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali qonunga hurmat ruhida tarbiyalash va yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.

Bizning shiorimiz: “Yoshlar kelajagi qonunga rioya qilishdan boshlanadi”

  • Ulashing: