Farzandingizni bog‘chaga joylashtirish jarayoni qanday amalga oshiriladi?

post

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadilar. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan tashkil etilgan xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari huzuridagi Davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasi tomonidan yo‘llanma asosida amalga oshiriladi.

Yo‘llanma olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish bo‘yicha yo‘llanma berish to‘g‘risida ariza;

bolaning tug‘ilganligi haqidagi guvohnomasining nusxasi;

bolaning otasi yoki onasining pasporti nusxasi;

yashash joyidan ma’lumotnoma;

ota-onasining ish joyidan ma’lumotnoma (agar ishlasa).

Bolaning tug‘ilganligi haqidagi guvohnomasi va ota-onasi pasportining asl nusxasi qabul komissiyasi tomonidan ko‘rilib, hujjatlar qabul qilinganidan so‘ng egasiga qaytariladi.

  • Ulashing: