Qanday holatlarda 16 yoshga to‘lmagan shaxslar ham biometrik pasport olishi mumkin?

post

— Pasport olish tartibi va shartlari haqida ma’lumot bersangiz? Qanday holatlarda 16 yoshga to‘lmagan shaxslar ham biometrik pasport olishi mumkin?

B.Aliyev (Samarqand viloyati)


— Fuqarolar biometrik pasport olish uchun o‘zlari doimiy yashab kelayotgan joydagi biometrik ma’lumotlarni yig‘ish punktlariga, ya’ni ichki ishlar organlarining xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga murojaat qilishlari mumkin. Ular buning uchun Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan maxsus shakldagi anketa-arizani to‘ldirishi va unga shaxsini tasdiqlovchi tegishli hujjat – amaldagi pasporti yoki birinchi marta olayotganlar tug‘ilganligi haqida guvohnomani, davlat boji to‘langanligi haqidagi kvitansiyani ilova qilishi kerak. Pasport egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug‘ilgan sanasi o‘zgarganligi yoki yozuvlarda noaniqliklar mavjudligi aniqlanganligi munosabati bilan almashtirilayotganida, fuqaro ma’lumotlarni yig‘ish punktiga ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.

Biometrik pasportlar birinchi navbatda shaxsning 16 yoshga to‘lishi, amaldagi pasportning amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan, pasport yo‘qolganda yoki yaroqsiz holga kelganda, biografik ma’lumotlar o‘zgarganda, voyaga yetmagan fuqaro chet elga chiqayotganda rasmiylashtiriladi.

Fuqaro pasporti 10 yil muddatga beriladi. Bundan tashqari, mamlakatimizdan chet davlatlarga chiqmoqchi bo‘lgan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga pasportlar 5 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi. Ayrim hollarda xorijga chiqayotgan paytda 15 yoshdan oshgan, ammo 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti berilishi mumkin.

Jahon amaliyotini hisobga olgan holda, O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga xorijga chiqish zaruriyati tug‘ilganda biometrik harakatlanish hujjati 5 yil muddatga beriladi.

  • Ulashing: