Bir tanishim advokat bo‘lib ishlaydi. Qaysi hollarda advokatlik litsenziyasi to‘xtatilishi mumkin?

post

— Bir tanishim advokat bo‘lib ishlaydi. Qaysi hollarda advokatlik litsenziyasi to‘xtatilishi mumkin?

Q. Salimova (Namangan viloyati)


— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 9 martdagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan Advokatlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, litsenziya amal qilishini to‘xtatib turish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

advokat jinoiy javobgarlikka tortilganda, u ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan paytdan boshlab va sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoxud reabilitatsiya qiluvchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilinguniga qadar;

advokat tomonidan advokatura to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilganligi aniqlanganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);

advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining yoki adliya organining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan, shu jumladan advokatning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlari advokat tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan).

  • Ulashing: