Yosh bolali ayolimga nisbatan ish vaqtining qisqartirilgan muddati bormi?

post

— Yaqinda farzandimiz 2 yoshga to‘ldi. Ayolim davlat tashkilotida ishlaydi. Ayolimga nisbatan ish vaqtining qisqartirilgan muddati bormi?

(Sh. Murodov, Navoiy viloyati)


— O‘zbekiston RespublikasiMehnat kodeksining 228-1- moddasiga asosan uch yoshga to‘lmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga ish vaqtining haftasiga o‘ttiz besh soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi.

Ish vaqtining qisqartirilgan muddati chog‘ida ushbu toifadagi ayollar mehnatiga haq har kungi to‘liq ish muddati chog‘ida tegishli toifadagi xodimlar uchun belgilangan miqdorda to‘lanadi.

  • Ulashing: