Ish beruvchi xodimning mehnat ta’tili paytida ishxonaga ishlashi uchun chaqirib olishinishi to‘g‘rimi?

post

— Men mehnat ta’tiliga chiqdim. Ammo, o‘n kundan so‘ng meni buyruq asosida ish beruvchi mehnat ta’tilidan chaqirib oldi. Bunga ish beruvchining haqqi yoki huquqi bormi?

M. Ibrohimova (Toshkent shahri)


— O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 147-moddasiga asosan ta’tildan chaqirib olishga faqat xodimning yozma roziligi asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida berilishi yoki keyingi ish yilining ta’tiliga qo‘shib qo‘yilishi mumkin. Sizning holatingizga ko‘ra, ish beruvchi tomonidan bunday xatti-harakatni amalga oshirishga haqli emas.

  • Ulashing: