Kollej talabasi o‘qishdan chetlashtirilishi mumkinmi?

post

— Yaqinda kollejimizdagi bir yigit o‘qishdan chetlashtirildi. Bunday holat uchun qonunchiligimizda qanday asoslar mavjud?

E.Rixsiyev (Andijon shahri)


— O‘zbekiston Respub­likasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 18-bandiga asosan, akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji o‘quvchisi quyidagi hollarda o‘qishdan chetlashtirilishi mumkin:

– salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida) akademik ta’til olganda;

– o‘qishini boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirganda;

– doimiy yashash uchun boshqa davlatga chiqib ketganda;

– sudning qarori bilan ozodlikdan mahrum etilganda;

– vafot etganligi sababli.

  • Ulashing: