Erkinlikni panjara ortida qadrlagan yana bir yosh

post

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik Memorandumiga asosan, O’zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi Yosh huquqshunoslar Kengashi mas’ul xodimi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi, “a” bandi va 164-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayblangan J.A (ismi-sharifi o‘zgartirilgan)ning jinoyat ishi bo’yicha bo’lib o’tgan sud majlisida jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tuman sudi binosida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida J.A.ning jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sud jarayonida jamoat himoyachisi, Kengashi mas’ul xodimi A.Ergashev tomonidan sudlanuvchi J.Abdullaevga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlash, kelgusida ushbu fuqaroni kafillikka olish taklifi bildirildi va kafolat xati taqdim qilindi.

Sud uning muqaddam sudlanmagani, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini inobatga olib, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi kafilligi ostida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan jazo turi tayinlandi.

J.A. o’zining so’zida Prezidentimga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, katta xato qilganimni tushunib yetdim, ota-onam va yaqinlarimni yuzini yerga qaratdim. Lekin yana bir bor menga imkoniyat berildi. Va'da beraman, kelajakda yurtimga nafi tegadigan yetuk kadr bo‘laman deya ta’kidladi.

Ushbu fuqaro bilan 1 yil muddatga individual dastur imzolanib, uning bandligi ta’minlanishi yuzasidan Yosh huquqshunoslar Kengashi tomonidan choralari ko‘rib chiqilmoqda.

  • Ulashing: