“Yoshlar kelajagi qonunga rioya etishdan boshlanadi” loyihasining navbatdagi manzili Namanganda bo‘ldi

post

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi Yosh huququshunoslar Kengashining tashabbusi bilan 2019-yil 7-iyun kuni Namangan yoshlar markazida “Yoshlar kelajagi qonunga rioya etishdan boshlanadi” loyihasi doirasida navbatdagi targ‘ibot tadbirlari oʻtkazildi. Mazkur tadbirda viloyatning 300 nafar boshlangʻich tashkilot yetakchilari ishtirok etishdi.

O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida Yosh huquqshunoslar Kengashi raisi B.Ilhomjonov, Kengashning mas’ul xodimlari va Yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi xodimlari ishtirokida o‘tkazildi.

O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida Yosh huquqshunoslar Kengashi xodimlari tomonidan mamlakatimizda qabul qilingan yoshlarga oid Qonun, qaror va farmonlarning asosiy maqsad va mazmuni, “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning mazmun-mohiyati haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbirda yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savolariga javob oldilar hamda faol ishtirok etgan ishtirokchilarga Kengash xodimlari tomonidan huquqiy adabiyotlar jamlanmasi sovg‘a qilindi.

Shuningdek, 8-iyun kuni ham targ‘ibot tadbirlari davom etib, viloyatning Uchqoʻrgʻon tumanidagi “Islamabod”, “Naʼmuna”, “Orom” MFYlarida tashkil etildi. Ushbu MFYdagi mahallalarda yuridik maslahatxona burchagi tashkil etildi va foydalanish uchun Kodekslar jamlanmasi taqdim etildi.

  • Ulashing: