Andijonda huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, mahallalarda yuridik maslahatxonalar tashkil etildi

post

Xabaringiz bor, ayni kunlarda respublikamizning barcha hududlarida “Yoshlar kelajagi qonunga rioya etishdan boshlanadi” loyihasi doirasida huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Mazkur loyiha bo‘yicha 2019-yil 10-iyun kuni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi Yosh huquqshunoslar Kengashi tomonidan Yoshlar ittifoqi Andijon shahar Kengashi binosida huquqiy targ‘ibot tadbirlari davom etdi.

Tadbir Yosh huquqshunoslar Kengashi raisi B.Ilhomjonov, boʻlim mudiri B.Jumayev, J.Iskandarov, N.Jumayevlar ishtirokida o‘tkazilib, unda 300 nafardan ortiq viloyatdagi boshlangʻich tashkiloti yetakchilari qatnashishdi.

Tinglovchilarga hozirgi kunda mamlakatimizda qabul qilingan yangi me’yoriy huququiy hujjatlar, yoshlarga oid qonunchilik va ularga yaratilgan shart-sharoitlar hamda imtiyozlar bo‘yicha yosh yetakchilarga huquqiy tushunchalar berildi. Mazkur interfaol tarzda  tashkil etilgan tadbir mehmonlar va mezbonlar oʻrtasida oʻzaro savol-javob tarzidao‘tkazilib, tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga toʻliq javob oldilar hamda faol qatnashgan viloyatning bir qator yoshlar yetakchilariga Kengash xodimlari tomonidan yuridik adabiyotlar sovg‘a qilindi.

Shuningek, huququqiy targ‘ibot tadbirlari Andijon shahrining “Oʻzbekiston 20 yilligi” va “Barkamol” MFYlarida ham tashkil etilib, mamlakatimizda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, muhtaram Prezidentimiz tomonidan yosh avlodga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Suhbat qatnashchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga toʻliq javob oldilar. Ushbu davra suhbatlari soʻngida mahallalarda yuridik maslahatxonalar tashkil etildi va aholining huquqiy ongi hamda savodxonligini oshiruvchi kitoblar, tarqatma materiallar shuningdek, broshuralar Kengash tomonidan sovgʻa sifatida taqdim etildi.

  • Ulashing: