Farg‘onada “Yoshlar oyligi” doirasida huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

post

Fargʻona viloyatida 2019-yil 12-iyun kuni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi Yosh huquqshunoslar Kengashi raisi B.Ilhomjonov boshchiligidagi targʻibot guruhi tomonidan “Yoshlar oyligi” doirasida qator huquqiy targ‘ibot tadbirlari oʻtkazildi.

Jumladan, Fargʻona viloyati Margʻilon shahar 2-sonli Tibbiyot kollejida “Yoshlar va qonun”, “Yoshlar kelajagimiz poydevori” nomi ostida davra suhbatlari oʻtkazilib, unda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning mazmun-mohiyati, uni hayotga tatbiq etish, yoshlarni maʼnaviy barkamol va kitobxon qilib tarbiyalash boʻyicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbirda Kengash xodimlari tomonidan yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari, mehnat migratsiyasi, odam savdosining ayanchli oqibatlari hamda “Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasining faoliyati toʻgʻrisida huquqiy tushunchalar va maʼlumotlar berib oʻtildi.

Uchrashuv bahs va munozaralarga boy boʻlib, unda faol ishtirok etgan bir guruh yoshlar Kengash sovgʻasi sifatida yuridik adabiyotlar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

Tadbirdan soʻng, navbatdagi targʻibot manzili Fargʻona shahri, “Yangi yoʻl” va “Madadkor” MFY boʻlib, unda anʼanaga koʻra “Huquqiy savodxonlik” burchaklari tashkil etildi hamda aholining huquqiy ongi, shuningdek, savodxonligini oshiruvchi kitoblar, tarqatma materiallar Kengash tomonidan bepul taqdim qilindi.

  • Ulashing: